2018-yil 17-mart kuni Xalqaro Press klubda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda Parlament komissiyasi a’zolari – Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, jamoat fondi Ijro devoni xodimlari, NNT va OAV (jami 60ga yaqin kishi) ishtirok etdi.

Maqsad – Harakatlar strategiyasi, “Faol tadbirkorlik innovatsion g‘oyalar va loyihalarni qo‘llab quvvatlash” yili Davlat dasturida, Oliy Majlisga qilingan Murojaatnomada belgilangan vazifalarni bajarishda NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlarining dastur va loyihalarini qo‘llab quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlaridan keng jamoatchilikni xabardor etish.

Tadbirda O‘zbekistonda mustaqillik yillarida nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), ommaviy axborot vositalari (OAV) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirishning milliy mexanizmi shakllanganligi qayd etiladi.

Eng asosiy maqsad – intellektual va ma’naviy tobelikdan xoli, mustaqil pozitsiyaga va yetarli darajada moliyaviy resurslarga ega milliy NNTlarni izchil shakllantirish, ularga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish (axborot-maslahat, tashkiliy-huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy, mulkiy va boshqalar), tashabbuslarini qo‘llab quvvatlashni kuchaytirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni ijtimoiy sheriklik asosida hal etishda davlat hokimiyati barcha tizimi bilan hamkorlik qilish hisoblanadi.

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning mablag‘larini boshqarish bo‘yiyacha Parlament komissiyasi NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, demokratik o‘zgarishlarda faol ishtirok etishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirgan ishlari va dolzarb vazifalari to‘g‘risida ma’lumot beriladi.

Jumladan, 2017 yilda NNT va fuqarolik jamiyati institutlarining loyiha va dasturlarini moliyalashtirish (12.7 mlrd.so‘m) natijasida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, barkamol-yosh avlodni tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, atrof muhitni muhofaza qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, millatlararo tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi amalga oshirgan ishlariga to‘xtalib o‘tiladi.

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maksadida amalga oshirilgan loyihalar natijasida kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan tinglovchilardan 655 nafar qiz va ayollar ishga joylashdi, 72 ta ayol xususiy tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyatini boshladi.Qo‘rg‘ontepa, Olot, Paxtakor, Dehqonobod, Koson, Nurota, Uzun, Qo‘shko‘pir, Qiziriq, Sardoba tumanlarida jami 1000 nafar xotin-qizlar biznes-reja tuzishga o‘rgatildi.

Buning uchun hududlarda 112 ta o‘quv kursi va markazlar tashkil etildi. Mazkur markazlarda 5145 kishi o‘z kasbiy malakalarini oshirdi. Turli xildagi 3003 ta tadbirlar o‘tkazilib, ularda 128431 nafar kishilar ishtirok etdilar.

NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moddiy-texnik bazasi 776 dona zamonaviy axborot kommunikatsiya texnikasi hamda o‘quv ishlab chiqarish jihozlari bilan mustahkamlandi. 439 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol ishtirokining dolzarb vazifalari keng muhokama qilinadi.

Fond mablag‘larini aniq maqsadlarga ajratish, NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatini hududlarning ijtimoiy iqtisodiy dolzarb vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan loyihalarni qo‘llab quvvatlash, NNTlarning jamoatchilik boshqaruvidagi o‘rni va rolini yuksaltirish, mablag‘larini adolatli, xolis taqsimlash borasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida axborot beriladi.

2018 yil 15 martdan e’lon qilingan davlat grantlariga hamda davlat ijtimoiy buyurtmasiga tanlovlar, uning muddatlari, mavzu va yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga keng to‘xtalib o‘tiladi.

Xususan, harakatlar strategiyasini, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda NNTlarning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;

– Xorijiy va mahalliy OAVlarda yuksak huquqiy tafakkurni, inson huquqlari madaniyatini jamoatchilik nazoratining innovatsion shakl va mexanizmlarini keng targ‘ib etish mavzularidagi davlat granti tanlovlari haqida atroflicha tushuntirishlar beriladi.

Aholining ehtiyojmand qatlamlarini, ayniqsa nogironligi bo‘lgan yoshlar sog‘ligini reabilitatsiya qilish shart-sharoitlarini yanada yaxshilashga ko‘maklashish;

– aholining ekologik madaniyatini, fuqaro muxofazasi sohasida bilim va ko‘nikmalarni yuksaltirish;

– millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, yaqin qo‘shnichilikni, teng huquqli va o‘zaro manfaatli xalqaro aloqalarni mustahkamlash borasidagi davlat organlarining buyurtmalariga e’tibor qaratiladi.

Fuqarolarning tashabbuskor guruhlari tomonidan tuzilgan NNTlarni loyihalar boshqaruvi sohasidagi kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, aholining dolzarb masalalarini hal etishda ijtimoiy sheriklik samaradorligini yuksaltirish, jamoatchilik nazoratining ilg‘or shakl va mexanizmlarini qaror toptirish masalalarida fikr almashish rejalashtirilgan.

ЎзННТМА маслаҳат телефони

(71) 233-35-26;

(71) 233-46-81.

Ноябрь 2024
Дш Сш Чш Пш Жу Шн Яш
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
Ҳукуқий саволингиз борми? @mail орқали юборинг
2000 қолди