O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Respublika yosh olimlar kengashi” nodavlat-notijorat tashkiloti joriy yilning 6-noyabr sanasida “Davlat boshqaruvi sohasida innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish” mavzusidagi respublika yosh olimlarining ilmiy-amaliy konferensiyasiga maqolalar qabulini boshladi.

Konferensiyani o‘tkazishdan maqsad, 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil ro‘yobga chiqarish hamda davlat boshqaruvi sohasida innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar tizimini keng joriy etish maqsadida Respublika yosh olimlarining ilmiy-amaliy tashabbuslarini o‘rganish va taklif-tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat.

Konferensiya sho‘balari:

  1. Davlat boshqaruvi sohasida ishlarni rejalashtirish va tashkil etishning zamonaviy innovatsion yo‘nalishlari;
  2. Ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish, boshqaruv jarayonida axborot almashishning samarali tizimini shakllantirish;
  3. Mahalliy ijro hokimiyati organlari ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini ta’minlashning zamonaviy usullari;

Ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

  • Ilmiy maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy-tahlillarga suyanib, tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar taqdim etilgan holda bo‘lishi kerak.
  • Taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo‘yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi.
  • Ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A4 kattalikdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2sm., chapdan 3sm,. o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va 1,5 intervaldan so‘ng familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi. 1 intervaldan keyin tashkilot (o‘quv muassasa) va shahar nomi ko‘rsatiladi.
  • Maqola matni MS Word dasturida Times New Roman yozuv usulida, 14 kegel kattalikda va 4 sahifadan ortmagan bo‘lishi lozim. Tayyorlangan maqolalar bir nusxa qog‘ozda va elektron shaklda joriy yilning 1-noyabriga qadar quyidagi manzilga taqdim qilinadi:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi Ma’muriy hudud binosi 60-uy.

Sizni qiziqtirgan savollar va qo‘shimcha ma’lumotlarni (90) 151-93-39; (90) 168-10-98 telefon raqamlari yoki Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manzili orqali bilib olishingiz mumkin.

 

Qayerda: Toshkent.

Kim uchun: Barcha uchun.

Qachon: 2017-yilning 6-noyabr.

Ijodiy ishlar topshirish muhlati: 2017-yilning 1-noyabrgacha.    

ЎзННТМА маслаҳат телефони

(71) 233-35-26;

(71) 233-46-81.

Ноябрь 2024
Дш Сш Чш Пш Жу Шн Яш
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
Ҳукуқий саволингиз борми? @mail орқали юборинг
2000 қолди