2016-yilning 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari, NNT va boshqa fuqarolik jamiyatlari institutlari vakillari uchun O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” (19.09.2016-y.) hamda «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi (21.09.2016-y.) Qonunlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakillari, NNT va boshqa fuqarolik jamiyatlari institutlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” hamda «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda tabiat muhofazasini ta’minlashda ularning keyingi faoliyatini takomillashtirish va o‘zaro samaradorlikni oshirishdan iborat.

– Seminar avvalida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, unda aks etgan moddalar sharhiga to‘xtalib o‘tildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davbionazorat inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i Olimjon Qahhorov. – Yangi tahrirdagi qonun o‘z ichiga 6 bob, 51-moddani olgan.

Yig‘ilishda soha mutaxassislari tomonidan qonunning “Asosiy tushunchalar” (3-modda), “O‘simlik dunyosi obyektlari” (5-modda), “O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar” (6-modda), “O‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish” (22-modda) kabi qator moddalariga sharh va izohlar berildi.

Seminarda “O‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza masalalari boshqaruvi. Unda jamoatchilikning ishtiroki” kabi qator mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzachi, asosan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuning 24-moddasiga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlandiki, mazkur moddaning mohiyatini chuqur anglab yetish hamda uni hayotga to‘g‘ri tatbiq eta bilish jamiyatimizning har bir a’zosi uchun muhim vazifa, hayotiy zaruratga aylanishi lozim.

Qonunning yangi 14-moddasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etishi, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni tashkil qilish va rivojlantirish, botanika bog‘lari hamda dendrologiya parklarini tashkil etish, sun’iy sharoitlarda yovvoyi o‘simliklarni o‘stirish, o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqishni tartibga solish, shuningdek o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun arizalar berish kabi qator masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Seminarning ikkinchi qismi yangi tahrirdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunga qaratildi.

Yangi tahrirdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonun yanada takomillashtirilgani yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. Avvalgi Qonun 28 ta moddadan iborat edi, yangi tahrirdagi Qonun esa o‘z ichiga 6 ta bob, 53 ta moddani olgan.

– Qonunning 3-moddasiga kiritilgan «yovvoyi hayvonlar», «yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati mahsulotlari», «zoologiya kolleksiyasi», «hayvonot dunyosi», «hayvonot dunyosini muhofaza qilish», «hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlar» kabi asosiy tushunchalar maqsadga muvofiqlik kasb etgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davbionazorat inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i Bakit Burabayev. – Yig‘ilishda Qonunning «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazorat» 22-moddasiga urg‘u berildi. Unda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi nazorat davlat, idoraviy, ishlab chiqarish hamda jamoatchilik nazorati tarzida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Seminarda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi e’tirof etildi.

Yig‘ilish bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

ЎзННТМА маслаҳат телефони

(71) 233-35-26;

(71) 233-46-81.

Ноябрь 2024
Дш Сш Чш Пш Жу Шн Яш
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
Ҳукуқий саволингиз борми? @mail орқали юборинг
2000 қолди