“Yuksalish” harakati Xorazm viloyat bo'limi hamda O'zNNTMA Xorazm viloyati hududiy bo'linmasi o'zaro hamkorligida NNTlar, jamoat faollari, ijtimoiy tadbirkorlar, blogerlar, ilmiy muassasalar, davlat idoralari, OAV vakillari va faol fuqarolar ishtirokida "Fuqarolik jamiyati 2026-2030: islohotlar, istiqbol va tashabbuslar" mavzusida jamoatchilik muhokamasi o'tkazildi.
Muhokamalarning asosiy maqsadi — hujjatni markazdan emas, balki joylardan boshlab, fuqarolarning o‘z tashabbuslari va takliflariga tayanib shakllantirishdir.
Tadbirda fuqarolik jamiyatining hozirgi holatini va rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash, NNTlarning huquqiy asoslari va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarning qaror qabul qilishdagi ishtirokini kengaytirish, ko‘ngillilik va mahalla tizimi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolik jamiyati institutlarini raqamlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ularning media makondagi faolligini oshirish masalalalri muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o'z takliflarini bildirishdi va bu takliflar konsepsiya loyihasini ishlab chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.