O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qiladi:
-Assotsiatsiya raisining birinchi o‘rinbosari;
-Assotsiatsiya raisining o‘rinbosari;
- Assotsiatsiya Navoiy viloyati hududiy bo'linma boshlig'i.
Malakaviy talablar:
-Oliy ma’lumotli, boshqaruv qobiliyatiga ega, kamida 5 yillik ish stajiga ega, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid qonun va qarorlardan hamda respublikada fuqarolik jamiyati rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor bo‘lishi kerak.
-O‘zbek, rus va ingliz tillarini erkin bilishi talab etiladi. Til bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lish afzallik beradi.
-Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office dasturlari hamda internet tarmog‘idan erkin foydalana olishi kerak.
-Ish yuzasidan lozim darajada muzokaralar olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
-Jamoani bir maqsadga yo‘naltira olishi, o‘z qarashlarini himoya qila olishi va boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri hamda tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Ish haqi:
- Assotsiatsiya raisining birinchi o‘rinbosari va assotsiatsiya raisining o‘rinbosari - 10 mln. so‘mdan yuqori;
- Assotsiatsiya Navoiy viloyati hududiy bo'linma boshlig'i - 8 mln. so'mdan yuqori.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar obyektivka (ma’lumotnoma) va diplom nusxalarini elektron shaklda +998 95 168 01 50 raqamiga "Telegram" ijtimoiy tarmog'i orqali taqdim etishlari lozim.