O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda Adliya vazirligi hamkorligida #Siz_hisobotlarni_topshirdingizmi xeshtegi ostida o‘tkazilgan o‘quv seminari sohaga oid muhim yangiliklar va kelgusi vazifalarni qamrab oldi.

Seminarda 400dan ortiq NNTlar ishtirok etdi.

Seminarning amaliy qismida NNTlar tomonidan yillik faoliyat yuzasidan hisobotlarni topshirishning huquqiy asoslari tushuntirildi.

Xususan, hisobotlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda topshirishning majburiy ekanligi eslatib o‘tildi. Davlat idoralari va jamoatchilik oldida hisobdorlikni ta’minlash — tashkilotning nufuzi va ishonchliligini oshiruvchi asosiy omil ekani ta’kidlandi. Shuningdek, hisobotlarni adliya organlarining maxsus elektron portali orqali topshirishning qulayliklari bo‘yicha tushunchalar berildi.

Ta’kidlandiki, mazkur seminar nafaqat hisobot topshirish tartibini o‘rgatish, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda nodavlat sektorining mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.