Namangan viloyatidan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lgan NNTlar soni ortmoqda.
Viloyat “NNTlar uyi”da O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasiga yangi a’zo bo‘lgan Namangan viloyat "Fayzli oila" xotin-qizlarni va ishsiz yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash nodavlat notijorat tashkiloti, "BAYMOQ-DAMOBOD OBI HAYOTI" nodavlat notijorat tashkiloti va “G‘ayrat Obi-Hayoti nodavlat notijorat tashkilotlariga a’zolik guvohnomalari topshirildi.
Yangi a’zolar bilan o’tkazilgan suhbatda nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar hamda moliyaviy imkoniyatlarni yaxshilash uchun grant tonlovlarida ishtirok etish bo‘yicha maslahatlar berildi.