O‘zNNTMA Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi tomonidan Nukus shahridagi "Nodavlat notijrat tashkilotlari uyi"da "O‘zbekiston-yagona vatan!" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. 

Tadbir avvalida ishtirokchilar "Nodavlat notijrat tashkilotlari uyi"da tashkil etilgan “NNT bog’i”ga manzarali daraxt ko’chatlarini ekishdi.

Tadbirda so’z olganlar davlatimiz rahbari tomonidan umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan Farmoni va NNTlarni qo’llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan qator tashabbuslari to’g’risida to’xtalib o’tishdi.

Tadbir davomida hunarmandchilik ko‘rgazmalari, turli millat vakillaring milliy liboslarini tanishtirish marosimi, sport chiqishlari va konsert dasturlari bo’lib o’tdi.

Tadbir yakunida faol NNTlar hamkorlar va homiylarning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

O'zNNTMA Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy bo'linmasi.