Fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi 2025-yilning 9-aprel kuni Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Bryussel erkin universiteti (Vrije Universiteit Brussel)da  tashkil etilgan Amir Temur tavalludining 689-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda bir qator xorijlik mutaxassislarning Amir Temur va temuriylarning jahon hamjamiyatida tutgan oʻrni, ilm-fan taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi, boy tarixiy merosiga doir chiqishlari amalga oshirilib, ularning bugungi kundagi ahamiyati ham yuqori ekanligi taʼkidlandi. 

Delegatsiyaning xizmat safari doirasidagi uchrashuvlar va boshqa tadbirlar davom etmoqda.

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi