Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI rektori v.b. Eldor Shermanov O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi Kamoliddin Ishanxodjayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida institut tashabbusi bilan ilgari surilayotgan bir qator istiqbolli loyihalar, ularning ijtimoiy-madaniy ahamiyati va amaliy natijadorligi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda nodavlat sektor bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Yaqin kunlarda tomonlar o‘zaro memorandum imzolashni rejalashtirmoqda. Ushbu memorandum kelgusida qo‘shma loyihalar, o‘quv dasturlari, ijodiy uchrashuvlar va madaniy tadbirlarni amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratadi.