O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan Urganch tuman Davlat xizmatlari markazida “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti Urganch tuman maslahat byurosi bilan hamkorlikda  “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad NNTlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni yuritish, hisobotlarni tayyorlash, imtiyozlar va qulayliklar  bo‘yicha ularni qiziqtirayotgan savollarga javob berish, huquqiy maslahatlar va konsultativ xizmatlar ko‘rsatish hamda ularni qiynayotgan muammolarga yechim topishdan iborat.

O‘tkazilgan qabulda viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari hamda fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi.  Murojaatlarda NNTlarga berilgan soliq imtiyozlaridan foydalanish, sud jarayonlarida ishtirok etish, ijara, uy-joy kadastr masalalari bayon etildi. Barcha murojaatlar bo’yicha huquqiy maslahatlar berilib, ayrim masalalar joyida hal etildi.