O‘zbekiston nodavlat noutijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘linmasida tashkil etilgan “Ekspertlar guruhi” a’zolari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda ekspertlarning salohiyatini oshirish, sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish bo‘yicha ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi takliflar ko‘rib chiqilib, qonun loyihalarini tayyorlashda NNTlarning ishtirokini ta’minlash va jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish mexanizmlari tahlil etildi.di. Qolaversa, O‘zNNTMA “Ekspertlar guruhi” faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari va guruhning ustuvor vazifalari atroflicha muhokama qilindi.
Qayd etildiki, poytaxtdagi barcha a’zo NNT vakillarini bunday muloqot maydonlariga yanada kengroq jalb etish hududiy bo‘linmalar ish samaradorligini oshirish bilan birga, davlat va jamiyat qurilishida nodavlat sektorning rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.