​Bugun Qarshi shahrida "Tinchlikparvar jurnalistika barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash omili sifatida" mavzusidagi ikki kunlik trening o‘z ishini boshladi. 

​Tadbirda mahalliy jurnalist, blogger, O‘zNNTMA aʼzosi bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari ishtirok etmoqda.

Treningning asosiy maqsadi ishtirokchilarni tinchlikparvar jurnalistikaning tamoyillari bilan tanishtirish, ularning kasbiy mahoratini oshirishdan iborat. 

​Trening mashg'ulotlari yetakchi mutaxassislar, jumladan, Anora Sodiqova (uzdiplomat.uz muharriri) va Eldar Asanov (O'zR FA Tarix instituti yetakchi mutaxassisi, PhD, blogger) tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek, tadbirda O'zNNTMA raisining jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo'yicha maslahatchisi Sayyora Asranova ham ishtirok etib, tinchlik o'rnatish jarayonlarida nodavlat notijorat tashkilotlarining o'rni haqida ma'ruza qildi. 

​Trening ishtirokchilari nazariy bilimlarni o'zlashtirish bilan birga, amaliy mashg'ulotlar, guruhlarda ishlash, keyslar muhokamasi va rolli o'yinlar orqali o'z ko'nikmalarini mustahkamlaydilar.