Toshkent viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi K.Ishanxodjayev hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi rahbari S.Halilov ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 124-sonli Farmonida belgilangan vazifalar, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, mahalliy muammolarni NNTlar ishtirokida hal etish, shuningdek, grantlarda faol qatnashish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda ishtirok etgan NNT vakillari o‘z hududlaridagi 30 ga yaqin dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bildirishdi.

Uchrashuvdan so‘ng muammolar joyiga chiqib o‘rganildi va ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

#FuqarolikJamiyati #FikrAlmashuv #OchiqMuloqot #NNT #IjtimoiySheriklik