O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etilishi munosabati bilan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili doirasida amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida nodavlat notijorat tashkilotlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Qayd etildiki, davlat dasturda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda nodavlat sektor tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, aholining zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.
Qolaversa, erkin va kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligini sarhisob qilish va istiqbollarni belgilash, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalarining sifatini yanada oshirish choralarini ko‘rish belgilangan.
Mazkur vazifa ijrosini ta’minlashda, inson qadri, uning farovonligi, erkinligi borasida ilgari surilayotgan tashabbuslarda NNTlarning hissasini oshirish, ularning xalqchilligini ta’minlash, davlat boshqaruvida o‘zining o‘rinli fikri va mulohazalari, ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha va dasturlari bilan faol bo‘lishi, qolaversa davlat organlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda kuchli bilim va malaka talab etiladi.
Shuni inobatga olib, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan “2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida nodavlat tashkilotlari rahbarlarini malakasini oshirishga qaratilgan maxsus o‘quvlar tashkil etib kelinmoqda. Shu kunga qadar 500 nafardan ortiq NNT rahbarlarining bilim va ko‘nikmalari oshirildi. Joriy yilda ham uch bosqichda 250 nafar NNT rahbarlarini o‘qitish reja qilingan.