Navoiy viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ularning davlat organlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash borasida 2025-yil davomida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Assotsiatsiyaning Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasiga yil davomida 15 ta yangi NNT a’zolikka qabul qilinib, jami a’zolar soni 154 taga (30 foiz) yetkazildi. Shundan 62 tasi o‘z tashabbusi bilan ochilgan NNTlar hisoblanadi.

Yil davomida jami 63 ta tadbir tashkil etilib, ularda 1525 nafar ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, 95 ta NNT murojaatiga huquqiy maslahat, 39 ta loyihani shakllantirish va 21 ta loyihani amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatildi.

Yil davomida Assotsiatsiya tavsiyanomasi bilan Navoiy viloyatida tashkil etilgan “NNTlar uyi”ga 33 ta NNT joylashtirildi.

Sohadagi intellektual salohiyatni oshirish maqsadida 21 nafar NNT rahbari Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirib, sertifikat bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Oliy Majlis jamoat fondining 2025-yilgi tanlovlarida Navoiy viloyatidan 23 ta NNT g‘olib bo‘ldi.  Axborot makonida ham faollik kuzatilib, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 200 dan ortiq chiqishlar qilindi. Qolaversa, Navoiy viloyati “Fidoyi yoshlar” teleklubi hamkorligida 10 dan ortiq Assotsiatsiya a’zosi bo‘lgan NNT rahbarlarining hisoboti “BRIFING” shaklida ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.

 

O’zNNTMA Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi