O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2026-yil «Mahalla va jamiyatni rivojlantirish yili» deb e’lon qilindi. Bu fuqarolik jamiyatining har bir instituti uchun o‘z jamoalari hayotida yanada faol ishtirok etish va mahalliy darajada ijobiy o‘zgarishlarni birgalikda yaratish uchun noyob imkoniyatdir.
Bugun nodavlat notijorat tashkilotlari - bu shunchaki tuzilmalar emas, balki g‘oya va tashabbuslarga boy birlashgan jamiyatlardir. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, oilaviy loyihalar, madaniy tashabbuslar - har bir NNT loyihasi umumiy taraqqiyotga qo‘shilgan muhim hissadir.
Davlat, fuqarolik jamiyati va tadbirkorlarning sinergiyasi yukori samarani yaratadi: NNTlarning g‘oya va resurslari davlat salohiyati bilan uyg‘unlashib, xalqaro grantlar hamda tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlashi moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.
26 yillik tajribaga ega bo‘lgan «Sharq ayoli» Xalqaro ayollar jamoat fondi ushbu transformatsiya jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Biz xotin-qizlar uchun IT sohasidagi dasturlarni amalga oshirmoqdamiz, gender tenglikni ilgari surmoqdamiz, qishloq maktablarini modernizatsiya qilish va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlamoqdamiz. Har bir loyiha ortida - insonlar, ularning muvaffaqiyatlari, quvonchi va hayotiy qissalari turibdi.
Faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirish hayotning yangi sifatini -ochiq, zamonaviy va insonga yo‘naltirilgan jamiyatni shakllantiradi.
2026-yilda biz nodavlat tashkilotlar davlat bilan bir jamoa bo‘lib, O‘zbekistonda har bir oila va har bir inson uchun farovonlik imkoniyatlarini yaratish yo‘lida harakat qilamiz.
Saodat Tursunbayeva,
«Sharq ayoli» Fondi raisi