"Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash markazi" hamda O’zNNTMA a’zosi "Fattoxxon Mamadaliyev" nomidagi jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan - Daun sindromi bilan og’rigan bolalardan tuzilgan "Quyosh nurlari" ashula va raqs ansabili ishtirokida Toshkent viloyatida konsert dasturi tashkil etildi.
Olmaliq shahri madaniyat markazida yuqori kayfiyatda o'tkazilgan tadbirda bolajonlarning har bir chiqishi besh mingdan ortiq tomoshabinlar tomonidan ilq kutib olindi.
—Aslida Daun sindromiga chalingan bolalar imkoniyati juda keng, deydi - "Fattoxxon Mamadaliyev" nomidagi jamoat birlashmasi rahbari G.Mamadaliyeva. —Biz mana shu imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga sidqi dildan harakat qilyapmiz. Kelgusi konsert dasturini Qoraqalpog’iston Respublikasida o’tkazishni reja qilyapmiz.