OʻzNNTMA NNT rahbarlari uchun malaka oshirish kurslariga talabgorlar arizalari qabuli boshlanganligini eʼlon qiladi

Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari uchun tashkil etiladigan

malaka oshirish kursiga tinglovchilarni saralab olish boʻyicha

ochiq tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida

EʼLON

Malaka oshirish kursining asosiy maqsadi: NNTlar faoliyatini tizimli, innovatsion tashkil etish, NNTlar rahbarlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirishda faolligini oshirish, samarali ish uslublarini tanlash va natijadorlikka erishish masalalari boʻyicha bilimlari hamda amaliy koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat.

Malaka oshirish joyi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

Malaka oshirish vaqti: 2023-yil 24-oktyabr – 3-noyabr.

Qabul kvotasi: 75 nafar NNT rahbarlari.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish uchun talabgor NNT rahbarlari tomonidan quyidagi hujjatlar uznntma2023@gmail.com elektron pochtasiga yuboriladi:

1. Ariza (ilovaga muvofiq, WORD va PDF formatda yuborilishi, PDF formatdagi ariza rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak);

2. NNT rahbarining maʼlumotnomasi (obyektivka, word formatda);

3. NNT rahbari etib saylanganligi toʻgʻrisidagi hujjat (buyruq)dan koʻchirma;

4. NNT rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (fuqarolik pasporti, ID kartasi) nusxasi;

5. NNT rahbarining fotosurati – 1 dona (9 x 12 hajmda, oq fonda);

6. NNT guvohnomasi nusxasi.

7. NNTning yuqori turuvchi tashkilotidan rozilik xati (agar yuqori tashkiloti mavjud boʻlsa).

Barcha hujjatlar bitta papkada zip fayl koʻrinishida yuborilishi shart. Hujjatlar toʻliq boʻlmagan holatda nomzod tanlovda ishtirok etmaydi.

Malaka oshirish kursi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan qoplanadi.

Arizalar 2023-yil “ 5 “ oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Saralab olish boʻyicha tanlov Nizomi va qo'shimcha ma'lumotlar @UZNNTMA1 telegram kanali orqali tanishish mumkin.

Murojaat uchun telefon raqamlar: (55) 503-05-12, (90) 003-41-42