Mamlakatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan kishilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, muvaffaqiyatini munosib rag’batlantirib borishda nodavlat tashkilotlarning ishtiroki tobora ortib bormoqda.

Har yili O’zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Nogironlar jamiyati Toshkent shahar bo’limi hamkorligida imkoniyati cheklanganlar o’rtasida sport musobaqalari o’tkazilishi ham o’ziga xos an`anaga aylangan.

Bu yilgi musobaqada «Anhor Lokomotiv» parkida jam bo’lgan 10-60 yoshgacha bo’lgan qatnashchilar 30-, 60-, 100 metrga yugurish, shashka, koptokni uzoqqa uloqtirish, nogironlar aravachasida 100 metrlik poygada o’zini sinab ko’rdi. Unda 100 nafardan ortiq havaskor sportchi ishtirok etdi.

Har bir sport turi bo’yicha g’oliblar aniqlanib, medallar va esdalik sovg’alari topshirildi.

– Oldin ham shu kabi musobaqalarga qatnashganman, – deydi Zilolaxon Abduhakimova. – Bu safar 30-, 60-, 100 metrga yugurish bo’yicha birinchi o’rinni oldim. To’g’risini aytsam, boshida biroz cho’chidim, chunki qolganlar ham juda chaqqon edi. Marraga birinchi yetib borganimda esa o’zimga nisbatan ishonch yanada ortdi. o’alaba nashidasi baribir boshqacha ekan.

ЎзННТМА маслаҳат телефони

(71) 233-35-26;

(71) 233-46-81.

Ноябрь 2024
Дш Сш Чш Пш Жу Шн Яш
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
Ҳукуқий саволингиз борми? @mail орқали юборинг
2000 қолди